Putin “Arqadag‘”ni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmanistonning sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmon rasmiy huquqiy axborot internet portalida e’lon qilindi.

Berdimuhamedov orden bilan ikki davlat o‘rtasidagi “strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi” uchun topshirildi, deyiladi farmonda.

Gurbanguli Berdimuhamedov 2007 yilda birinchi davlat rahbari Saparmurod Niyozov vafotidan so‘ng Turkmaniston Prezidenti bo‘lgan edi. Berdimuhamedov davrida mamlakatda uning shaxsiyatiga sig‘inish yaratilgan, uning o‘zi rasmiy “Arkadag” laqabini olgan.

Berdimuhamedov 2022 yil boshida prezidentlik lavozimini muddatidan avval tark etib, “yoshlarga yo‘l berish” kerakligini tushuntirdi. Uning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakatning yangi Prezidenti etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing