Putin aldamabdi! “Sputnik V”ning “omicron”ga qarshi samaradorligi aniqlandi 

Olam

image

Rossiyaning Gamalei nomonidagi tadqiqot markazi “Sputnik V” vaksinasining koronavirusning yangi “omicron” shtammiga qarshi samaradorligini tekshirdi. RIA Novosti axborot agentligining yozishicha bu haqda, bugun, 17 dekabr kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi o‘z bayonotida e’lon qilgan.

“Sputnik V” “omicron” shtammiga qarshi “yuqori virusni zararsizlantirish faolligi”ni namoyish etdi hamda u kassallikning og‘ir kechishi va bemorlarning shifoxonaga yotqizilishining oldini oladi”, deyiladi fond bayonotida.

Bundan tashqari, “Sputnik V” hosil qilgan immunitet boshqa yetakchi vaksinalarga qaraganda 5-7 barobar sekin pasayishi ham aniqlangan.

Gamalei tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasini qabul qilish va olti oy ichida qayta emlanish insonlarni “omicron”dan to‘liq himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasini koronavirusning yangi “omicron” shtammiga qarshi kurashda samaraliroq ekanini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 26 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Afrikaning janubida aniqlangan B.1.1.529 koronavirus shtammini yunoncha “omicron” harfi bilan belgiladi. U juda ko‘p mutatsiyalarga ega, ularning ba’zilari JSSTni tashvishga solmoqda. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida allaqachon topilgan “omicron” shtammi boshqalarga qaraganda tezroq tarqalish imkoniyatiga ega.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

omicron

Baholaganlar

378

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing