Putin AQSHning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalariga munosabat bildirdi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi mamlakat iqtisodiyotining holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi. Bu haqda u bugun, 23 oktyabr kuni Rus geografik jamiyatining XVII qurultoyidan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Rossiya Prezidenti sanksiyalar joriy etilishini Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinish deb atagan.

“Hech bir o‘zini hurmat qiladigan mamlakat hech qachon bosim ostidan biror ish qilmaydi”, deydi Putin.

Uning aytishicha, Rossiyaning jahon energetika muvozanatidagi hissasi juda katta. Putin Rossiya va Saudiya Arabistoni ko‘proq neft va neft mahsulotlarini sotayotganini, AQSH esa ularni ko‘proq iste’mol qilayotganini bildirgan. Rossiya Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, hozirda jahon energetika muvozanati shakllangan, uni buzish – buni amalga oshirishga urinayotgan davlatlarning manfaatiga zid. 

Shuningdek, u AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya nefti yetkazib berish holatining jahon narxlariga, jumladan AQSHdagi narxlarga ta’siri haqida suhbatlashganini ma’lum qilgan. Putin, shu bilan birga, Rossiya va AQSH bosimdan voz kechib, uzoq muddatli jiddiy muloqot yo‘liga o‘tsa, hamkorlik qilish uchun ko‘plab yo‘nalishlar borligiga ishonch bildirgan.

Bundan tashqari, Rossiya Prezidenti Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiyalar joriy etganini eslatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muloqot har doim qarama-qarshilik, tortishuv yoki urushni davom ettirishdan yaxshiroq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritgan edi. Bundan tashqari, Donald Tramp Rossiya va Ukrainaga murojaat qilib, Moskva va Kiyev Rossiya-Ukraina mojarosini hal etishda oqilona yo‘l tutishlari kerakligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing