Putin “Afg‘oniston tajribasi”ning butun dunyo uchun oqibatlari haqida gapirdi 

Olam

image

Afg‘onistonda o‘tkazilgan “tajribalar” mualliflari chekindi, uning oqibatlari esa butun dunyo hamjamiyati tomonidan bartaraf etilishi kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi inqiroz boshqa odamlarning qadriyatlarini tashqaridan keladiganlarga bog‘lab qo‘yishdek mas’uliyatsiz siyosat natijasidir.

“Men Afg‘onistondagi inqirozning hozirgi davri boshqa odamlarning qadriyatlarini tashqaridan yuklashga bo‘lgan mas’uliyatsiz urinishlar, siyosiy muhandislik usullari bilan demokratik tuzilmalarni qurish istagining bevosita natijasi, deb ko‘p aytganman. Ular boshqa mamlakatlarda yashayotgan urf-odatlarga e’tibor bermaydi”, degan davlat rahbari BRIKS sammitida. 

Uning ta’kidlashicha, bunday harakatlar beqarorlikka va oxir-oqibat betartiblikka olib keladi. 

“Shundan so‘ng, bu “tajribalar” mualliflari tezda orqaga chekinishdi. Buning oqibatlarini butun dunyo hamjamiyati hal qilishi kerak”, deya xulosa qilgan Rossiya rahbari. 

U o‘z nutqi davomida AQSHning Afg‘onistondan chiqib ketishi mamlakatda yangi inqirozga olib kelganini ham qayd etgan. 

“Bu mintaqaviy va global xavfsizlikka qanday ta’sir qilishi noma’lum”, degan Putin.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Putin

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing