Putin Afg‘onistonning qo‘shnilarini terror xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Afg‘oniston hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilar chegaradosh davlatlarga nisbatan rejalar tuzishlari mumkin. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 29 sentyabr kuni MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvni ochar ekan, shunday fikr bildirdi. 

“Shubhasiz, afg‘on hududidagi xalqaro terrorchilar chegaradosh davlatlar, jumladan, MDH davlatlariga nisbatan jinoiy rejalar tuzishi mumkin”, deya ogohlantirdi Rossiya rahbari.  

Prezidentning fikricha, gap biz ittifoqchilarni yollash va yangi guruhlar yaratish yoki allaqachon uyqiga ketgan guruhlarni qayta tiklashga urinishlar, jangarilarga qurol yetkazib berish haqida bormoqda. 

Unga ko‘ra, Hamdo‘stlik chegaralaridagi vaziyat e’tiborni kuchaytirishni talab qiladi. Aynan o‘sha yerda ko‘plab umumiy xavfsizlik tahdidlari shakllangan bo‘lib, ular o‘z vaqtida to‘xtatilmasa, mamlakatlardagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Afg‘onistonda murakkab vaziyat yuzaga kelganini alohida urg‘uladi. 

“U yerda terrorchilik va ekstremistik guruhlar faol harakat qilishda davom etmoqda. Buning tasdig‘i 5 sentyabr kuni Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi yaqinida sodir bo‘lgan va fuqarolarimiz hayotiga zomin bo‘lgan qonli teraktdir. Bunday urinishlarning barchasiga o‘z vaqtida, jumladan, MDH aksilterror markazi salohiyatidan faol foydalanish orqali javob berish kerak”, deydi Rossiya rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kiraverishda noma’lum jangari portlovchi moslamani ishga tushirdi. Oqibatda olti kishi, jumladan, ikki nafar rossiyalik diplomat va to‘rt nafar “Tolibon” a’zosi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. “Tolibon” xavfsizlik kuchlari elchixona xavfsizligini ta’minlash uchun jiddiyroq choralar ko‘rishga, shuningdek, aybdorlarni jazolashga va’da berdi.

Kremlda Qobuldagi elchixona xodimlarining o‘limi terakt sifatida baholandi. “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, Kreml rossiyalik diplomatlar uchun barcha xavfsizlik kafolatlarini bajarayotganiga ishontirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston MDH Vladimir Putin

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing