Putin Abu-Dabi valiahd shahzodasi bilan “Sputnik V” vaksinasi haqida gaplashdi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad al-Nahayyan telefon orqali suhbat o‘tkazishdi. 

Suhbat chog‘ida tomonlar Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini muhokama qildilar. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, tomonlar Putinning 2019 yil oktyabr oyida BAAga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni inobatga olgan holda, turli sohalarda Rossiya-BAA strategik sherikligini yanada mustahkamlashga o‘zaro intilishlarini tasdiqlagan.

Xabarda aytilishicha, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarning ahamiyati haqida ham so‘z borgan. Shu jumladan, hozirgi kunda BAAda klinik sinovlari o‘tkazilayotgan Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi mavzusida ham gaplashilgan. 

Suhbat yakunida Muhammad al-Nahayyan Putinni o‘tgan tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan yagona mamlakat bo‘lib turibdi. RFda joriy yilning 11 avgust kuni “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus putin

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing