Putin 70 yoshni qarshilaydigan Rahmonni mukofotladi
Olam
−
04 Oktabr 2022
10383Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni Rossiyaning III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Putinning tegishli farmoni bugun, 4 oktyabr kuni e’lon qilindi.
“Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti Rahmon Imomali III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlansin”, deyiladi farmon matnida.
Rahmon 5 oktyabr kuni 70 yoshga to‘ladi. 2017 yilda u Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan ham taqdirlangan.