Putin harbiy jinoyatchimi? Bayden javob berdi
Olam
−
17 mart 2022
17254AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi deb atadi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Jurnalistlarning Putinni harbiy jinoyatchi deb atashga tayyormisiz, degan savoliga Bayden avvaliga “yo‘q” deb javob berdi, keyin esa savolni takrorlashni so‘radi va “Ha, men uni harbiy jinoyatchi deb hisoblayman”, deb o‘z javobini o‘zgartirdi.
“Reuters” agentligining qayd etishicha, Bayden birinchi marta Putinga nisbatan bunday ritorika qo‘llamoqda.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “bombalari butun dunyo bo‘ylab yuz minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan davlat rahbarining bunday ritorikasini qabul qilib bo‘lmaydigan va kechirib bo‘lmaydigan” deb atadi.
Bir yil oldin, 2021 yil 17 mart kuni Bayden Putinni “qotil” deb hisoblashi haqidagi savolga ijobiy javob bergan edi. Putinning o‘zi bu haqda izoh berar ekan, bolalar bog‘chasi qofiyasidan iqtibos keltirgan "kim masxara qilsa, o‘zi shunday ataladi". Keyinchalik u Bayden bilan epizod haqida gaplashganini va prezidentning tushuntirishidan mamnunligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 mart kuni AQSH Kongressining Senati RF Prezidenti Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi sifatida tan oluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
LiveBarchasi