Putin harbiy xizmatga chaqiriq to‘g‘risida farmon imzoladi
Olam
−
31 mart 2022
13385Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 1 apreldan 15 iyulgacha o‘tkaziladigan bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.
“ Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada bo‘lmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lgan 134 500 nafar fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish 2022 yilning 1 aprelidan 15 iyulgacha amalga oshirilsin”, deyiladi hujjatda.
Farmonda, shuningdek, harbiy xizmat muddati tugagan askarlar, matroslar, serjantlar va brigadirlarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ko‘zda tutilgan.
2020 yilning bahorida Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari safiga 135 ming kishi chaqirilgan.
LiveBarchasi