Putin ham musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda istiqomat qilayotgan musulmon olamini Qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentning tabriknomasi Kreml rasmiy sahifasida e’lon qilindi. 

“Aziz do‘stlar! Sizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Ildizlari asrlarga borib taqaladigan ushbu qadimiy bayram dindorlarni Islomning kelib chiqishi va qadriyatlariga jalb qiladi, rahm-shafqat, adolat va taqvodorlikka, boshqalarga nisbatan ehtiyotkorlik va samimiy munosabatda bo‘lishga chaqiradi. Barcha jahon dinlari negizida joylashgan ushbu yuksak gumanistik, axloqiy ideallar qudratli birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi, jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashga va madaniy xilma-xillikni,  xalqimizning o‘ziga xos an’analarini saqlashga xizmat qiladi”, deyiladi Prezident tabrigida.

Putin o‘z tabrigida Rossiya musulmonlariga sog‘lik, baxt va esguliklarni tilashini bildirgan. 

Ma’lumot uchun, islom dini Rossiya Federatsiyasida xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatdagi musulmonlarning aniq soniga hali aniqlik kiritilmagan va hamon muhokamalar davom etib keladi. 2002 yildagi aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi an’anaviy musulmon aholi soni taxminan 14,5 million kishi. 

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayiti munosabati bilan AQSH Prezidenti Jo Bayden va mamlakat birinchi xonimi Jill Bayden ham butun dunyo musulmonlarini tabriklagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing