Putin Habibga hamdardlik bildirdi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mutlaq janglar chempionati (UFC) jangchisi Habib Nurmuhamedovga qo‘ng‘iroq qildi va unga otasi Abdulmannap Nurmuhamedovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, RF Prezidenti Abdulmannap Nurmuhamedov bilan shaxsan tanish bo‘lgan. Ular Putin Dog‘istonga amaliy tashrif bilan borganda aeroportda tanishgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 iyul kuni Habibning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedov vafot etgani ma’lum bo‘ldi. U 57 yoshda edi.

U joriy yilning aprel oyida pnevmoniyaga shubha bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorning ahvoli yomonlashgani sababli uni Dog‘istondan Moskvaga o‘tkazishgandi.

Katta Nurmuhamedov o‘g‘li bilan bir qatorda UFC’ning bir necha hozirgi sportchilari, xususan, Islom Maxachev va Umar Nurmuhamedovni tarbiyalagan.

Abdulmannap Nurmuhamedov 1962 yil 10 dekabrda Dog‘iston avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida tug‘ilgan. Bolaligidan u erkin kurash bilan shug‘ullangan. Erkin kurashda sport ustasi bo‘lgan. Armiyada u dzyudo va sambo bilan shug‘ullana boshlagan.

2019 yilning sentyabr oyida Abdulmannap Nurmuhamedov eng ko‘p jangovar sambo chempioni bo‘lgan shaxs sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Habib Nurmuhamedov Abdulmannap Nurmuhamedov

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing