“Po‘stlog‘i ham foydali”. O‘zbekistonda olma qimmatlab ketdi
Jamiyat
−
14 dekabr 2023
11337O‘zbekistonda olma narxi biroz tushishdan so‘ng, yangi yil arafasida qimmatlay boshladi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi.
Oldinroq “Simirenko” va “Golden” navli olma narxi keskin tushishi qayd etilgan edi. Ya’ni, ichki bozorda ushbu mevaning ulgurji narxlari joriy yilning 10 noyabridan 24 noyabriga qadar mos ravishda 29 foiz va 23 foizga arzonlashgan.
Biroq, mutaxassislarga ko‘ra, “Simirenko” navidagi olma narxining pasayishi juda qisqa muddatli bo‘lib, keyingi ikki hafta mobaynida olma deyarli ikki baravar qimmatlagan.
Jumladan, 2023 yil 24 noyabrdan 8 dekabrgacha “Simirenko"ning o‘rtacha ulgurji narxi bir kg uchun 5000 dan 9000 so‘mgacha (0,41$ dan 0,73$ ga) – 1,8 marta oshgan. Shuningdek, "Fujii" olmasining o‘rtacha ulgurji narxi ham 14 ming so‘mdan 15 ming so‘m/kg gacha (1,14$ dan 1,22$ ga) oshgan.
Bu degani, ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 50 foizga yuqori.
“Golden” olma narxlari esa keskin pasayishdan so‘ng, keyingi haftalarda ushbu bir xil darajada – bir kg uchun 10 000 so‘m (0,81$) qiymatida saqlanib qolgan.
Ma’lumot o‘rnida, olimlar olma po‘stlog‘ida ham mushaklar massasini saqlab qolishga turtki bo‘luvchi foydali moddalar mavjudligini aniqlagan.
Mutaxassislarga ko‘ra, olma po‘stlog‘ida ursul kislotasi bo‘lib, u qondagi xolesterin va qand moddasini me’yoriga keltiradi.