“Pushti yulduz” olmosi auksionda rekord narxga sotildi

Olam

image

Benuqson “Pushti yulduz” olmosi Sotheby’s auksionidagi savdoda rekord o‘rnatdi va dunyodagi eng qimmatbaho olmosga aylandi.

Bugun, 4 aprel kuni Gonkongdagi Sotheby’s auksionida ichki tomoni nuqsonsiz pushti rangli chiroyli olmos 553 037 500 HKD (taxminan 71,2 million dollar)ga sotildi.

Tosh o‘tgan yil may oyida Christie’s savdolarida 57,6 million dollarga sotilgan yirik “Moviy Oppengeymer” olmosi rekordini yangilab, eng qimmat olmosga (va umuman olganda, eng qimmatbaho zargarlik buyumlari lotiga) aylandi.

59,6 karatli “Pushti yulduz” olmosi benuqson, tabiiy rangli pushti olmoslar toifasiga kiruvchi dunyodagi eng katta tosh hisoblanadi.
Toshga bunday ta’rif Amerika Gemologik Instituti (GIA) mutaxassislari tomonidan berilgan.

Bu bugungi kunga qadar eng qimmat pushti tosh hisoblangan boshqa mashhur Graff Pink olmosidan (24,78 karat) ikki baravar kattaroq. U 2010 yilda Jenevada Sotheby’sda 46,2 million dollarga sotilgan.

Gonkongdagi so‘nggi auksionlarning intrigasi shundaki, Pushti yulduz allaqachon kim oshdi savdosida bir marta paydo bo‘lgan – 2010 yil noyabr oyida tosh rekord darajadagi 83,19 million dollarga sotilgan. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, xaridor amerikalik zargar Isaak Vulf sotib olingan lot uchun pul to‘lay olmagan. Natijada tosh Sotheby’s auksion uyiga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

olmos

Baholaganlar

423

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing