Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi

Olam

image

“Lucara Diamond” kon kompaniyasi Botsvanadagi (Afrika) “Karove” konida og‘irligi 2492 karat (498,4 gramm) bo‘lgan olmos topilganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hali nom berilmagan olmos tosh odamlar tomonidan topilgan olmoslar orasida ikkinchi va hozir mavjud bo‘lganlar orasida eng kattasi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bundan kattaroq yagona olmos 3106,75 karat (621,35 gramm) bo‘lib,  1905 yil Janubiy Afrikada topilgan mashhur “Kullinan” edi. Ammo bu tosh 20 asrning boshlarida yuzdan ortiq bo‘laklarga bo‘lingan. “Kullinan”ning kesilgan bo‘laklaridan eng kattasi “Afrikaning Buyuk Yulduzi” bo‘lib, uning og‘irligi 530,2 karatni tashkil etadi. Britaniya Edvard VII u bilan tayoqchasini bezatgan.

Yangi olmos “Mega Diamond Recovery X-ray Transmission” maxsus rentgen texnologiyasidan foydalangan holda topildi. Bu katta qimmatbaho toshlarni aniqlash va bir butun sifatida qayta tiklash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika olmos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing