“Pullarimga roziman”. Direktorlar o‘qituvchilarning maoshini nega ushlab qolmoqda?

Jamiyat

image

Koronavirusga qarshi olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda karantin vaqtida aholini qiynab kelayotgan muammolarga javob qaytarish maqsadida har kuni AOKA huzuridagi shtabda brifing o‘tkazib kelinmoqda. Unda turli soha vakillari ishtirok etib, savollarga javob qaytarmoqda.

Bugun, 16 aprel kuni o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi o‘quv jarayonini metodik ta’minlashni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Ermatov ham ishtirok etdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Respublikadagi ayrim maktablar direktori o‘z xodimlaridan soliq to‘lovini “oyligimdan ushlab qolishingizga roziman”, degan ariza yozishni talab qilmoqda ekan. Brifing davomida bu ish qanchalik to‘g‘ri ekanligi so‘raldi. 

Doniyor Ermatovning ta’kidlashicha, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ish haqidan faqatgina xodimning yozma arizasiga asosan ushlab qolinadi.

“Shuningdek, ish haqi ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan hollardagina (soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar) xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin.

Boshqa hollarda (masalan, obuna, kommunal to‘lovlar va h.k) xodimning yozma roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish noqonuniydir”, dedi Doniyor Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoniga ko‘ra, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

xalq ta'limi

Baholaganlar

502

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing