Xalq ta’limi sohasining ayrim xodimlari maoshi oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xalq ta’limi boshqarmalari va bo‘limlaridagi “metodist” lavozimi o‘rniga “mentor” lavozimi joriy etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyig‘alari muhokamasi portalida joylashtirilgan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.

Loyihaga ko‘ra:

respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi umumta’lim fanlari bo‘yicha “metodist” lavozimi o‘rniga “mentor” lavozimini joriy etish;

xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar tuzilmasidagi metodik xizmat bo‘limlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi tumanlararo umumta’lim muassasalarini metodik ta’minlash markazlarini tugatgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining mentorlik xizmati bo‘limlarini, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining mentorlik xizmati sho‘’balarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Quyidagilar xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz ta’limini tashkil etish bo‘yicha mentorning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tayanch maktablar negizida malaka oshirish tadbirlarini (kurslar, o‘quvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, tajriba almashish darslari) tashkil qilish;

ta’lim jarayonida ilmiy, pedagogik, psixologik, didaktik va metodik usullardan foydalanishidagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish;

ta’lim jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, metodlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini joriy etishda ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarga ko‘maklashish;

maktab rahbarlari va o‘qituvchilarga maktabda samarali ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va ta’lim sifatini oshirish borasida metodik maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berish;

maktab rahbarlari va o‘qituvchilarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga metodik yordam ko‘rsatish, ularni litsenziyalash jarayonlariga tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

Mentorlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga nisbatan quyidagicha nisbatda:

respublika darajasidagi – 1,35 baravarga;

viloyat darajasidagi – 1,25 baravarga;

tuman (shahar) darajasidagi – 1,15 baravargacha oshirish belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh xalq ta'limi

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing