Navoiy viloyati hokimiga “Xalq ta’limi homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi

Jamiyat

image

Navoiy viloyat hokimi Kobul Tursunovga maktablarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun “Xalq ta’limi homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida so‘nggi yillarda maktablarni rivojlantirish uchun 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Viloyatda maktablarni moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularda zamonaviy ta’lim olish uchun sharoitlarni yaratish, maktablar sport zallarini zaruriy sport inventarlari, tibbiyot xonalari, kompyuter texnikalari bilan ta’minlash doimiy tarzda amalga oshirilmoqda.
 
“Bugungi kunda viloyatdagi bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichi eng yuqori natijani qayd etgan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, maktablarni zamonaviy jihozlash, joriy ta’mirlash, issiq suv bilan ta’minlash, tuman maktablaridagi mavjud burjuyka pechlari o‘rniga zamonaviy isitish tizimi va isitish qozonlari o‘rnatish, qo‘shimcha o‘quv binolari qurib berish, xalq ta’limi bo‘limlarini avtomashinalar bilan ta’minlash hokimlikning doimiy diqqat markazidagi masalalardan bo‘lib kelmoqda.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda eng yaxshi natija ko‘rsatayotgan fidoiy o‘qituvchilarni uy bilan ta’minlash bo‘yicha ham rejalar belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy viloyati xalq ta'limi

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing