Navoiyda maktab qorovuli kaltaklanib, tog‘da tashlab ketildi (video)
3-sahifa
−
14 mart
9206QALAMPIR.UZ'ga Navoiy viloyati Xatirchi tumani 43-sonli maktabda qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro 6 fevral kuni maktab direktori boshchiligida bir guruh ishchi xizmatchilar bilan majburiy mehnatga jalb etilgani, ish vaqtida qum ortish uchun tog‘li hududga olib borilgani, tog‘da ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilinishi oqibatida o‘rtada janjal yuzaga kelgani va fuqaroning bosh qismiga temir belkurak bilan bir necha bor urib, u o‘sha yerga tashlab ketilgani haqida murojaat kelib tushgandi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaroning kaltaklangani aks etgan videotasvirlar viloyat IIB xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6 fevral kuni Xatirchi tumani “Yangi qurilish” MFY hududida joylashgan 43-sonli umumta’lim maktabida ishlovchi bir guruh fuqarolar maktab binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida foydalanish uchun qum mahsulotini olib kelish maqsadida Navbahor tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasiga qarashli dasht hududiga borib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan.
Aynan o‘sha vaqtda fuqarolar Sh.X. va O.J.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro O.J. qo‘llari bilan Sh.X.ning bosh va yuz sohasiga o‘sha yerda bo‘lgan belkurak orqali urib, og‘ir tan jarohati yetkazib voqea joyidan yashiringan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
“Fuqaro O.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

