DXX xalq ta’limi va ekologiya mansabdorlarini ham pora bilan qo‘lga oldi (video)
3-sahifa
−
22 aprel 13394 1 daqiqa
Toshkent shahridagi tumanlardan birining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda Samarqand viloyatida tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtdagi tumanlardan birining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i umumiy o‘rta ta’lim maktabida tarix fanidan saboq beruvchi o‘qituvchini mazkur tumandagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlash evaziga o‘z xizmat xonasida 3 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga tumanda kar’er faoliyatini amalga oshirishi uchun ekologik xulosa berish, Qarnab qishlog‘idagi “Nakvoysoy” hududidan tosh-shag‘al qazib olishiga ruxsat berish hamda kelgusida MCHJ faoliyatiga rahnamolik qilish uchun 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida olib borilgan tezkor tadbirda bojxona xodimi hamda Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi