Pulishich faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi

Sport

image

Amerikalik futbolchi Kristian Pulishich faoliyatini Italiyaning “Milan” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi “Chelsi” bilan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Endilikda yarim himoyachi faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tsa bo‘lgani. 

“Rossonerilar” amerikalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 20 million yevrodan ko‘proq pul to‘laydi. Yozgi transfer oynasida Pulishich faqat “Milan”ga o‘tishni xohladi va boshqa jamoalar bilan bog‘liq variantlarni ko‘rib chiqmadi.

Qayd etilishicha, shartnomani tuzishda klublar o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlar muhim rol o‘ynagan.

2022/23 yilgi Angliya chempionatida Pulishich 24 o‘yin o‘tkazib, 1 gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Kristian Pulishich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing