Puling bo‘lsa xaltada, qimor o‘ynaysan Yaltada

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Yaltada (Qrim Respublikasi) Oltin sohil qimor o‘yin zonasini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarorini imzoladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, qimor o‘yinlari zonasi Yaltaning Katsiveli posyolkasidagi qariyb 147 ming kvadrat metr maydonda joylashadi. 

Shu yilning sentyabr oyida  Qrim rasmiylari ushbu qimor zonasini yaratish uchun Moliya vazirligiga hujjatlar to‘plamini yuborgani haqida xabar bergan edi.

Yalta ma’muriyati rahbari Aleksey Chelpanov sobiq Fortuna sanatoriysi hududi qimor zonasiga aylanishini aytdi.

Qrim Respublikasi rahbari Sergey Aksyonov shuningdek, qimor zonasini yaratish bilan bog‘liq shartnomalar 2019 yil oxiriga qadar tuzilishini ta’kidladi.

Aksyonovning so‘zlariga ko‘ra, qimor zonasi birinchi navbatda tashrif buyuruvchilar va badavlat kishilarga yo‘naltiriladi. Qrim rahbari uni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Qrim byudjeti qimor o‘yin zonasidan yiliga 25 milliard rublgacha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim Yalta Medvedev qimor zonasi

Baholaganlar

188

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing