Rossiya armiyasiga yil boshidan beri qancha askar yollangani ochiqlandi
Olam
−
04 Sentabr 2023
12248Yil boshidan beri Rossiya Qurolli Kuchlariga 280 mingga yaqin kishi shartnoma asosida harbiy xizmatga yollandi. Bu haqda kecha, 3 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Kecha, 3 sentyabr kuni Xavfsizlik kengashining Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarini shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
“Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvardan buyon 280 mingga yaqin kishi Qurolli kuchlar safiga qabul qilingan”, degan Medvedev majlisda.
Uning aniqlik kiritishicha, shartnoma bo‘yicha ishga qabul qilinganlarning bir qismi zaxirada bo‘lganlar, yana bir qismi ko‘ngillilardir.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya razvedkasi Rossiya Markaziy Osiyo migrantlarini urushga safarbar qilayotganini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi