Po‘lat Bobojonov ham ta’ziya bildirish uchun elchixonaga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ham bugun, 9 fevral kuni Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, ushbu mamlakatda sodir bo‘lgan va ko‘plab odamlarning o‘limiga olib kelgan zilzila sabab hamdardlik bildirdi. Vazir ta’ziya kitobiga qayd qoldirdi. 

Uni elchixonada Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O‘lgan Bekar kutib olgan. Vazir Elchi va elchixona xodimlariga chuqur ta’ziya izhor etgan. 

Bobojonov ushbu og‘ir va sinovli kunlarda jabrlanganlar hamda vafot etganlarning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tilab, elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so‘zlarni yozib qoldirgan. 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ta’ziya bildirish uchun Turkiya elchixonasiga borgani xabar qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing