PSGni kelasi mavsum kim boshqarishi 99 foizga aniq bo‘ldi – manba

Sport

image

Fransiyaning PSG klubiga kelasi mavsumda kim bosh murabbiy bo‘lishi oydinlashdi.  Parijliklarni Zidan emas, “Nitssa” klubining amaldagi ustozi Kristofer Galte boshqaradi. Bu haqda “beIN Sports” telekanali xabar berdi.

"Nitssa”ning amaldagi bosh murabbiyi Kristofer Galtening PSGni boshqarishi imkoniyati 99 foizga teng”, degan “beIN Sports” jurnalisti Umar Altundag‘.

Qayd etish joizki, PSGning yangi sport direktori Luis Kampos “Nitssa” bosh murabbiyi nomzodini ilgari surmoqda va Kampos Zidanning klubga kelishini istamayapti.

Avvalroq, Fransiyaning eng bayroqdor jamoasini Zidan boshqarishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Qolaversa, PSG “Monako” yarim himoyachisi Tchuameni uchun kurashda “Real Madrid”ga imkoniyatni boy berdi. Biroq Parij jamoasi “los blankos” safiga o‘tib ketishiga ozgina qolgan Kilian Mbappe bilan yangi bitim imzolashning uddasidan chiqqandi. Mbappe bilan kelishuv “kosmik” narxda qimmat bo‘lganligi uchun PSJ joriy yilning yozida transferlarga ajratadigan mablag‘ keskin kamaygani haqida xabar berilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing