“Monako” futbolchisiga “Real” 80 mln, PSG esa 100 mln yevro taklif qildi
Sport
−
07 iyun 2022
3215Fransiya terma jamoasi va “Monako” klubi yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik yarim himoyachi “Monako” rahbariyatidan “Real”ning taklifini qabul qilishni so‘ramoqda. Biroq Tchuameniga yana bir da’vogar PSJ ham osonlikcha kurashdan chiqmoqchi emas. Madrid klubi bonuslar bilan birga 80 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, parijliklar esa Tchuameni uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. “Monako” rahbariyatiga PSJning taklifi ma’qul kelmoqda. Shuning uchun ular “Real” taklifiga hozircha javob qaytargani yo‘q.
Madridliklar Tchuameni bilan shaxsiy shartnomaga ega emas. Chunki futbolchining “Monako” bilan shartnomasi bor. Shu sabab “los blankos” va yarim himoyachi o‘rtasida o‘tkazilgan barcha muzokaralar “Monako” rahbariyatining bevosita roziligi bilan bo‘lgan.
Avvalroq, Aureliyenga PSJ tomonidan taklif bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Tchuameni “Monako” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi