PSJ Mbappe bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda fransuz klubi Matbuot xizmati xabar bergan

Qayd etilishicha, 23 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, OAV Mbappe og‘zaki kelishuvga ega bo‘lgan "Real"dan voz kechgani haqida xabar bergan edi.

Jurnalistlarning yozishicha, parijliklar futbolchiga shartnoma imzolash uchun bonus sifatida 300 million yevro, shuningdek, yiliga 100 million yevro maosh taklif qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe 2017 yilda “Monako”dan ijara asosida PSJga o‘tgan va bir yildan so‘ng parijliklar bilan to‘liq shartnoma imzolagandi. 23 yoshli hujumchi joriy mavsumda Liga 1 da 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing