PSG yozda transferlarga qancha mablag‘ atagani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Fransiyaning PSG klubi joriy yilning yozida transfer uchun 80 mln yevrodan ko‘p pul ajratolmaydi. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar yangi futbolchilarni sotib olish uchun 80 million yevro sarflashlari mumkin, biroq klub tarkibidagi mavjud futbolchilardan birini sotsa, transfer byudjeti kengayishining ehtimoli bor.

Qayd etish joizki, PSG ushbu 80 millionning 35 million yevrosini “Sporting” himoyachisi Nuno Mendeshni sotib olishga sarflab bo‘lgan.

Avvalroq, PSJ “Monako” yarim himoyachisi Tchuameniga qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Bundan oldin, parijliklar asosiy yulduzi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirgan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing