PSJ javob o‘yinida ham “Arsenal”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Sport

image

8 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yini doirasida PSJ o‘z uyida “Arsenal”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 27-daqiqasida Fabian Ruis hisobni ochdi. 72-daqiqada Ashraf Hakimi jamoasning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Vazitlardan birida hakam londonliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Skelli o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynadi. Belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini parijliklar futbolchisi Vitinya golga aylantira olmadi. Rayya zarbani qaytardi. 76-daqiqada Saka hisobni qisqartirdi. Goldan bir necha daqiqa o‘tib, Bukayo qisqartirishi mumkin edi, ammo u bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi.

Shu tariqa, PSJ finalga yo‘l oldi. Endilikda Enrike qo‘l ostidagi klub finalda “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. 

Ma’lumot o‘rnida, final 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal PSJ Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing