PSJ yangi mavsumda Zidan bilan shartnoma imzolamoqchi
Sport
−
25 noyabr 2021 4691 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJni boshqarishi mumkin.
“Le Parisien” xabariga ko‘ra, Parij klubi so‘nggi bir necha hafta ichida fransiyalik mutaxassis bilan Maurisio Pochettinoning o‘rniga bosh murabbiy bo‘lish borasida muzokaralar olib borgan.
Biroq transfer keyingi mavsumda amalga oshiriladi. Bu borada muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishdan bosh tortgan edi.
Zizu bir kun kelib Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishni niyat qilgan. Ayni damda “uch ranglilar”ning asosiy jamoasini Dide Desham boshqarmoqda va uning shartnomasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 tugagach, yakuniga yetadi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr