Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

PSJ sport direktori JCH-2034 bo‘yicha 200 million yevrolik taklif oldi

Sport

image

PSJning sport maslahatchisi Luish Kampush Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasidan 200 million yevrolik taklif oldi. Bu haqda “Le Parisen” xabar berdi.

O‘tgan haftada Shveysariyada Kampush va Saudiya Arabistoni vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Funksionerga 10 yilga yiliga 20 million yevro taklif qilingan. U Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2034 yilgi Jahon chempionati yarim finaligacha borishi uchun tayyorgarlik jarayonlariga yordam berishi kerak.

Shartnoma, shuningdek, majburiy natijalarga ega bo‘lgan oraliq bosqichlarni ham o‘z ichiga olgan.

Portugaliyalik mutaxassis saudiyaliklar taklifiga 2025 yilning 31 dekabrigacha javob berishi kerak. U hali hujjatni imzolagani yo‘q va PSJda qolishni afzal ko‘rmoqda, ammo Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar moliyaviy sharoit tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan ko‘rinadi.

“Arsenal” va “Chelsi” ham Luishning atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan, PSJ esa “Atletiko Madrid”ning sobiq sport direktori Andrea Berta bilan hamkorlik o‘rnatish niyatidaligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Chelsi Luish Kampush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing