PSJ Saloh uchun katta maoshli shartnoma taklif qildi

Sport

−

image

PSJ klubi Misr terma jamoasi va “Liverpul” vingeri Muhammad Salohni yozgi transferlar oynasida qo‘lga kiritmoqchi. Bu haqda jurnalist Romen Kolle Gaudin X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar “mersisaydliklar” futbolchisiga haftasiga 500 ming yevro va 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Shu o‘rinda, “Liverpul” 32 yoshli vingerning shartnomasini haftasiga 400 ming yevro maosh bilan yana 2 mavsumga uzaytirishga tayyor. Misrlikning amaldagi shartnomasi esa 2025 yil yozida tugaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Saloh “mersisaydliklar” safiga 2017 yil kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda u jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 17 assist qayd etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing