PSJ men bilan Messini tarkibiga olmoqchi – Ramos

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sardori Serxio Ramos klub prezidenti Florentino Peresga PSJga o‘tish niyati borligi haqida aytdi. Bu haqda jurnalist Xose Pedrerol “El Chiringuito TV” telekanali orqali ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli himoyachining menejeriga parijliklar “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda uni tarkibga jalb qilib, top-klub qurishni rejalashtirganini aytgan.

 

Avvalroq OAVda Ramos boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Ramosning fikricha, Peres uni “Real Madrid”dan ketishini istayapti. Madrid klubi futbolchiga ikkita shartnoma variantini taklif qilgan: o‘zgarmagan maosh bilan 1 yillik yoki 10 foizga qisqargan maosh bilan 2 yillik.

Ma’lumot o‘rnida, Ramos himoyachi bo‘lishiga qaramasdan, ushbu mavsumda La Liganing 13 uchrashuvida 2 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ramos "PSJ"

Baholaganlar

255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing