PSJ Mbappega shart qo‘ydi. Qabul qilmasa “jazolanadi”

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchi Kilian Mbappening kelajagi borasidagi qarorini o‘zgartirmadi. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar 24 yoshli fransiyalik hujumchi shu yozda jamoani tark etmasa, demak, u yangi mavsumda maydonga tushmaydi. Klub futbolchi  oldiga ikkita variant qo‘ygan: u jamoadan ketishi yoki shartnomani uzaytirishi kerak.

2022-2023 yilgi mavsumda Kilian Mbappe PSJ safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappega Angliyadan da’vogar paydo bo‘lgani xabar qilingandi. “Chelsi” xo‘jayini Todd Bouli allaqachon PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan muzokaralarga kirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing