PSJ Xvicha transferini e’lon qildi

Sport

image

Gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya “Napoli”ni tark etib, PSJga a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Loyiha meni ishontirdi. Men klub nimaga erishmoqchi ekanligini va futbolchilar bilan qanday ishlashini bilaman. Bu yerda ko‘plab buyuk futbolchilar o‘ynagan, men Parijga kelish imkoniga ega bo‘lganimda ortiqcha o‘ylamasdan qaror qabul qilgandim”, deydi Kvaratsxeliya.

Xvichaning Parij klubi bilan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchi qiymati 85 million yevroni tashkil etadi. 

Gruziyalik futbolchi 2022 yildan buyon Italiyaning “Napoli” klubida o‘ynab kelayotgandi. Fransiya grandi Kvaratsxeliyani bonuslarni hisobga olmaganda 70 million yevroga sotib oldi. 21 yoshli Xvicha Italiyadagi faoliyati davomida 1 marta mamlakat chempioni bo‘ldi. Shuningdek, u o‘tgan mavsum Neapol klubining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing