“Ishtiyoqingni yo‘qotma”. Ronaldu Kvaratsxeliyani qo‘llab-quvvatladi
Sport
−
14:12 604 2 daqiqa
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi o‘yinda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon bog‘lamini uzib olgan PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyani qo‘llab-quvvatladi. Ronaldu gruziyalik futbolchini qiyin damlarda ruhan tushkunlikka tushmaslikka va o‘z kuchiga ishonishda davom etishga chaqirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi kamida olti oy maydonga tusha olmaydi. U yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.
“Futboldagi eng qiyin kurashlar ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Bu tuyg‘uni yaxshi bilaman, Kvara. Seni bugungi darajaga olib kelgan yo‘lni hech qachon unutma va qiyin damlar o‘z qobiliyatingga shubha bilan qarashga majbur qilishiga yo‘l qo‘yma. Ishtiyoqingni yo‘qotma. Eng yaxshi kunlar hali oldinda”, deb yozdi Ronaldu Kvaratsxeliyaning Instagram’dagi posti ostidagi izohda.
Kvaratsxeliyaning jamoadoshlari Ferran Torres, Markinos, Dezire Due, Ashraf Hakimi, Illya Zabarniy va boshqa futbolchilar ham uni qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya 2025 yil yanvar oyida Italiyaning “Napoli” klubidan PSJga o‘tgan. U joriy mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta gol urdi.
PSJ safida Kvaratsxeliya ikki martadan Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u Fransiya kubogi, Fransiya Superkubogi va Qit’alararo kubokni bir martadan qo‘lga kiritgan.
Kvaratsxeliya 2025-2026 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga ham kiritilgan.
Live
Barchasi