PSJ Kvaratsxeliyaning örniga jahon çempionini transfer qilmoqçi – OAV
Sport
−
18:43 357 1 daqiqa
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi Xviça Kvaratsxeliyaning jiddiy jarohatidan keyin hujum çiziğini kuçaytiriş uçun “Atletik Bilbao”ning qanot hujumçisi Niko Uilyams transferini körib çiqmoqda. Bu haqda “Nogomania” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 24 yoşli ispaniyalik futbolçi PSJ rahbariyatining e’tiborida bir neça yildan beri bölib kelmoqda. Endi esa klubning unga bölgan qiziqişi aniq taklifga aylanişi mumkin. Bunga Kvaratsxeliyaning uzoq muddatga safdan çiqqanidan keyin hujum çiziğini kuçaytiriş zarurati sabab bölmoqda.
Avvalroq, gruziyalik futbolçi joriy yilning 20 oktyabr kuni Çempionlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarşi uçraşuvda öng tizzasining oldingi xoçsimon boğlamidan jarohat olgandi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, uning 2027 yil mayiga qadar maydonga qaytişi kutilmayapti.
Niko Uilyams joriy mavsumda Ispaniya çempionatida 7 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 1 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali uning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.
Live
Barchasi