PSJ gruziyalik futbolchi uchun 100 million yevro to‘lamoqchi 

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi “Napoli” vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olish uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, klub allaqachon Italiya klubiga kerakli taklifni yuborgan. Kvaratsxeliyaning agenti bo‘lgan Mamuka Jugeli PSJ vinger uchun taklif jo‘natganini tasdiqladi.

Joriy mavsumda Kvaratsxeliya barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi. 23 yoshli Kvaratsxeliya faoliyati davomida Rossiyaning “Lokomotiv” va “Rubin” klublarida to‘p tepgan.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made