PSJ 80 million yevro foyda qildi
Sport
−
30 yanvar 3471 1 daqiqa
Germaniyaning “Leypsig” klubi PSJdan hujumchi Xavi Simonsning shartnomasini 80 million yevroga sotib olmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Florian Plettenberg X sahifasida ma’lum qildi.
Bu mavsumni Simons “buqalar” safida ijarada o‘tkazmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. “Leypsig” Xavi uchun kafolatlangan to‘lovlar sifatida 50 million yevro to‘laydi, bu miqdor bonuslar orqali 80 million yevrogacha oshiriladi.
Simons joriy mavsumda “buqalar” safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavi ko‘p qirrali hujumkor o‘yinchi, u hujum qanotlarida va markaziy hujumchi orqasida o‘ynay oladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr