Gvardiola de Bryuynega Bundesligadan o‘rinbosar topdi

Sport

image

“RB Leypsig”ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Xavi Simons “Manchester Siti”ning e’tiborini tortmoqda. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchini Kevin de Bryuynega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Nemis klubi o‘z futbolchisi uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ olishni maqsad qilgan. Yanvar oyida Simons 80 million evro evaziga PSJdan “RB Leypsig”ga o‘tdi.

Gvardiola ham yarim himoyada avlodlar almashinuvini boshqaradigan o‘yinchi qidirmoqda va Xavi Simons bu rol uchun ideal nomzodlardan biri. Uning Bundesligadagi muvaffaqiyati, texnikasi, IQ'si va boshqa qobiliyati murabbiyning e’tiborini tortdi. 

Qayd etilishicha, Simons yaqinda sotib olinganiga qaramay, “Leypsig” klub olishi mumkin bo‘lgan katta moliyaviy foyda tufayli futbolchini boshqa jamoaga o‘tkazishi mumkin.

Joriy mavsumda Xavi Simons klub miqyosida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxi 80 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xavi Simons de Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing