“Barselona” Yevropa chempioni transferi uchun harakatni boshladi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Leypsig”ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining agenti Kataloniya jamoasining rasmiy vakillari bilan uchrashgan. Olmoning agenti transfer summasi futbolchining tovon puliga yaqin bo‘lishini aytmoqda, ya’ni 60 million yevro.

“Barselona” Kataloniya jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan ispaniyalik futbolchiga 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Olmo klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi, nemis klubi bilan amaldagi kelishuv 2027 yilning iyuliga qadar amal qiladi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi va 3 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Leyptsig Dani Ol'mo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made