“Chelsi” Xavi Simonsni sotib olmoqchi 

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi Xavi Simonsni o‘z jamoasiga qo‘shib olish uchun “Leypsig”ga o‘z yarimhimoyachisi Kristofer Nkunkunining xizmatlari  va qo‘shimcha pul taklif qildi. Bu haqda “The Guardian” nashri ma’lum qildi. 

Nashrga ko‘ra, “Chelsi” Simons bilan shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. “Leypsig” futbolchi uchun 70 mln yevro talab qilmoqda. Londonliklar esa to‘lovning bir qismini fransiyalik futbolchi bilan to‘lamoqchi.

“Leypsig” uchun bu taklif ham foydali bo‘lishi mumkin, chunki “Manchester Yunayted” safiga borib qo‘shilgan Benyamin Sheshko o‘rnini sobiq futbolchisi bilan to‘ldirish har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” bundan bir necha kun avval “Ayaks”dan Yorrel Xato transferini amalga oshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Xavi Simons “Leyptsig” Kristofer Nkunkuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing