PSJ 70 million yevroga gruziyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi “Napoli” bilan Xvicha Kvaratsxeliya transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 13 yanvar kuni PSJ va “Napoli” vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘ldi. Transfer qiymati 70 million yevro va qo‘shimcha bonuslar evaziga Xvicha Parij klubi a’zosiga aylanadi. Bu Gruziya futboli tarixidagi rekord summa hisoblanadi. Shartnoma besh yilga mo‘ljallangan.

14 yanvar oqshomida PSJ va “Napoli” kelishuvni yakunlagan. Klub prezidentlari Aurelio De Laurentis va Nosir Al-Xelayfi barcha kerakli hujjatlarni imzoladi, shu hafta Xvicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Gruziya terma jamoasi vingeri PSJda yiliga taxminan 9 million yevro maosh oladi, unga yana 2 million yevro esa bonus sifatida to‘lanishi mumkin. Shartnoma 2030 yilgacha uzaytirish variantini o‘z ichiga oladi.

Joriy mavsumda Kvaratsxeliya barcha klub turnirlarida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Napoli” tarkibida u Italiya chempioniga aylandi. “Napoli” ayni damda chempionatda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Xvicha Kvaratsxeliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing