Prokuror deputatni Rossiya tarixidagi eng yirik poraxo‘rlik uchun 14 yilga qamashni talab qildi

Olam

image

Prokuror Rossiya Davlat Dumasi deputati Vadim Belousovni mamlakatdagi eng yirik, jami uch milliard rubldan ortiq pora uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. Bu haqda Moskva shahar sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, davlat ayblovchisi Belousovni 500 million rubl miqdorida jarimaga tortish, 15 yilga davlat xizmatida ishlashini taqiqlash va davlat mukofoti – II darajali “Vatanga xizmatlari uchun” medalidan mahrum etishni so‘ragan.

Uning qaynonasi, “Birinchi novvoyxona”ning bosh hisobchisi Margarita Butakova 80 yoshga to‘lganini va surunkali kasalliklarini hisobga olib, prokuror to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etishni, shuningdek, yarim milliard rubl jarima solishni so‘radi.

Bundan tashqari, prokuratura ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasini “qamoqqa olish” chorasiga o‘zgartirishni talab qilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l qurilishi bilan shug‘ullangan ikki tadbirkor – Konstantin Ovchinnikov va Aleksey Bashayev 2010 yildan 2014 yilgacha deputat va uning homiysi, o‘sha paytda Chelyabinsk viloyati gubernatori bo‘lgan Mixail Yurevichga mukofot sifatida naqd pul o‘tkazgan. Ularga foydaning 20 foizi evaziga “davlat shartnomalarini tuzish uchun eng qulay shartlar” va “raqobatni to‘liq bartaraf etish” kafolatlangan.

Chelyabinskda poralar Belousovning qaynonasiga berilgan, Moskvada esa deputatning rafiqasi pulni omonat qutisiga solib qo‘ygan. Oyiga bu miqdor 10 million rublni tashkil etgan. Natijada, bir necha yil davomida Belousov 3,253 milliard rubl olgan.

Deputat o‘z aybini tan olmagan. Uning himoyasi tadbirkorlar Chelyabinsk viloyatida yo‘llar qurilishi paytida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilganini ko‘rsatgan. Ammo ular tergov davomida pul o‘g‘irlanmaganini, balki Belousov va Yurevichga pora sifatida berilganini aytgan. Ushbu guvohliklardan so‘ng tergov savdogarlarga Rossiyani tark etishga ruxsat berilgan. Sobiq gubernator ham mamlakatni tark etgan. Shunday qilib, sudlanuvchilar kursisida faqat Belousov qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya korruptsiya

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing