Ixtiyor Abdullayev va Bahodir Dehqonovga nisbatan jinoyat ishi ochilgan
Jamiyat
−
14 iyun 2019
12714O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev, uning o‘rinbosari Jahongir Egamovga qarshi jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘doshevga asosan xabar berdi.
Erkin Yo‘ldoshevning qayd etishicha, mazkur ish bo‘yicha jami 10 yaqin mansabdor tergov qilinyapti. Ularning orasida Oliy sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov ham bor.
“Tergov jarayonida qator yuqori davlat organlari mansabdor shaxslari ishlari ko‘rilayotgani tufayli tergovni yopiq tarzda olib borishga qaror qilingan”, dedi Erkin Yo‘ldoshev.
Eslatib o‘tamiz, Ixtiyor Abdullayev 2018 yilning 31 yanvaridan 2019 yilning fevraliga qadar DXXga rahbarlik qildi. U sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani aytildi.
Jahongir Egamov 2018 yil yanvaridan dekabrgacha DXX raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2017 yilning mayidan Oliy sud raisi o‘rinbosari - Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Akbaraliyevich Dehqonov esa 2019 yilning fevralida hibsga olingandi.
LiveBarchasi