Prokuratura fuqarolardan uzr so‘radi. Ayb operatorda

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar prokuraturasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylangan inson ruhiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi videolar haqida xabar bergan edik. Videodagi suratlarda ikki dahshatli qotillik va uning qurbonlari aks etgan bo‘lib, biroz muddatdan so‘ng video o‘chirilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati masala yuzasidan munosabat bildirdi. Unda etika qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan video prokuraturaning ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangani qayd etilgan. Tashkilot buning uchun fuqarolardan uzr so‘ragan. 

“Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, “Instagram”, “Facebook” tarmoqlari hamda “Telegram” kanallariga joylashtirilgan ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan bo‘lib, rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa 4 ta material bilan birgalikda operator xatosi bilan yuklangan.

Shu sababli, Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko‘rdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so‘raydi”, deyiladi rasmiy xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Prokuratura

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing