“Baliq boshidan...” Prokuraturaning ikkita amaldori pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
08 may 2023 28867 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 6 may kuni Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.lar jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida protsessual tartibda ushlandi.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28-, 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr