Prokuratura Bakiyev o‘g‘irlagan pullarni qaytarishga urinyapti
Olam
−
07 dekabr 2019
8545Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq Prezidenti Kurmanbek Bakiyev tomonidan noqonuniy olib chiqib ketilgan pullarni qaytarishga harakat qilyapti.
Qirg‘iziston prokuraturasi tomonidan korrupsiya, uning unsurlariga qarshi samarali kurash masalalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Unda Bakiyev o‘z boshqaruv davrida qonunga zid ravishda o‘g‘irlab ketgan 4,6 mln AQSH dollarini qaytarish ishlari yuzasidan ma’lumot berilgan.
“Sobiq Prezidenti K.Bakiyev boshqaruvi davrida noqonuniy olib chiqib ketilgan jinoiy aktivlar va 4,6 mln dollarni davlat g‘aznasiga qaytarish uchun olib borilayotgan hamkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi”, degan prokuratura Matbuot kotibi.
Konferensiyada Fransiya, Ruminiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan sudya va prokurorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Kurmanbek Bakiyev Qirg‘izistonning ikkinchi Prezidenti. Mamlakatni 2005-2010 yillarda boshqargan. 2010 yilda Qirg‘izistonda boshlangan inqilob natijasida hokimiyatdan ag‘darilib, mamlakatdan qochib ketgan. Hozirda Belarusda istiqomat qiladi.
LiveBarchasi