Professor Fotima Mo‘minova vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul kuni ustoz jurnalist, professor Fotima Izzatullayevna Mo‘minova 69 yoshida vafot etdi.

Fotima Mo‘minova filologiya fanlari doktori, professor. U 1953 yilning 2 fevral kuni tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan.

Fotima Mo‘minova faoliyati davomida minglab shogirdlar yetishtirdi, yuzlab ilmiy maqolalari bilan tilga tushdi, o‘nlab ilmiy asarlar yozdi. 

QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Fotima Mo'minova

Baholaganlar

371

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing