Prof boks kechasida kimlar ringga ko‘tariladi?

Sport

image

Bugun, 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog‘onani egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Kecha, 16 noyabr kuni o‘tkazilgan vazn o‘lchash marosimida barcha charm qo‘lqop ustalari vazn me’yorni bajardi. 

Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G‘iyosov (11-0-0), Hasanboy Do‘smatov (3-0-0), Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1-1), Iqboljon Xoldorov (1-0-0), Elnur Abduraimov (7-0-0) va prof boksda debyut qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ringga ko‘tariladi.

Isroil Madrimov – Mishel Soro (35-2-1 24 KO)
Shahram G‘iyosov – Kristian Koria (29-8-2, 13 KO)
Hasanboy Do‘smatov – Hose Rivas (18-12-4, 10 KO)
Bektemir Meliqo‘ziyev – Sergey Yekimov (18-3, 9 KO)
Iqboljon Xoldarov – Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4 KO) 
Elnur Abduraimov – Jon Gemino (22-12-1, 12 KO) 
Dilshod Ro‘zmetov – Maksim Smirnov (8-10-3, 4 KO)

Eslatib o‘tamiz, G‘iyosovning raqibi Koria 39 yoshda, Meliqo‘ziyev esa ilk bor Toshkentda jang qiladi, Xoldorov Shohjahon Ergashevning sobiq raqibiga qarshi ringga ko‘tariladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Boks Bektemir Meliqo'ziev Hasanboy Do'smatov Prof boks Shaxram G'iyosov

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing