Prigojinning “hamtovog‘i” hibsga olingani aytilmoqda
Olam
−
29 iyun 2023
34506Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi qo‘shma guruhi qo‘mondoni o‘rinbosari general Sergey Surovikin hibsga olindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin ikki manbaga tayanib The Moscow Times xabar berdi.
Shu vaqtgacha general Surovkin “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning 24 iyundagi tez tinchigan isyoni paytida uning rejalaridan xabardor bo‘lgani aytilayotgan edi.
“Prigojin kontekstida, aftidan, u [Surovikin] [qo‘zg‘olon paytida Prigojinning] tomonini tanlagan”, degan nashr manbalaridan biri. Generalning hozir qayerdaligi so‘ralganda esa u bu ma’lumotni ayta olmasligini ma’lum qilgan.
“U erda u bilan bo‘lgan voqea “OK” emas edi. Boshqa hech narsa deya olmayman”, deya Surovikinning hibsga olinishini izohlab manbalardan ikkinchisi.
The Moscow Times manbasiga ko‘ra Surovikin Prigojinning qo‘zg‘olonidan xabari bor-bo‘lmagani hali to‘liq aniq emas.
“Unga kamerada matnni o‘qish va saralash topshirig‘i berilganda, rahbariyatga jur’at etib, o‘zini unchalik bo‘ysunmaganday tutdi”, degan manba. Shu sababli nashr o‘z manbasiga tayanib Surovikin “Prigojin koalitsiyasi”ning bir qismi degan fikrni yozgan.
Shuningdek, ko‘plab nufuzli nashrlar o‘z manbalariga tayanib Prigojin isyonidan keyingi voqealar haqida turli xabarlarni e’lon qilmoqda.
Masalan, bir muddat avval New York Times nashri AQSH maxsus xizmatlari Surovikin isyon tayyorlanayotgani to‘g‘risida oldindan xabardor bo‘lgani, boshqa generallar esa Prigojinning harakatlarini qo‘llagan bo‘lishi mumkin degan fikrda ekanini yozgan. Ammo Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov OAVning Surovikin to‘g‘risidagi xabarlarini keskin rad etib, bunday gap-so‘zlarni “spekulyatsiya” va “g‘iybat” deb baholab chiqqandi.
Shundan so‘ng, harbiy bloger Vladimir Romanov general Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “Vagner” xususiy xarbiy guruhi qo‘zg‘olonining ertasiga, 25 iyun kuni hibsga olinganini yozgandi.
The Guardian esa Rossiya armiyasining oliy general unvoni “Armageddon” sohibi bo‘lgan general – Ukrainadagi energetika obektlariga raketa hujumlari bilan mashhur bo‘lgan mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan birga Surovikin qo‘zg‘olondan so‘ng darhol g‘oyib bo‘lgan, deb yozadi.
“Exo Moskvi”ning sobiq bosh muharriri Aleksey Venediktovning yozishicha, u uch kun davomida oilasi bilan aloqaga chiqmagan.
Bundan tashqari, yuqorida sanalgan barcha nashrlar Rossiyada hozirda Surovikinning Moskvaga yurishga aylangan va prezident Vladimir Putin rejimi uchun eng jiddiy tahdidga aylangan qo‘zg‘olonni rejalashtirishga yordam bergan yoki yo‘qligini aniqlash uchun harakatlar boshlanganini aytmoqda.